Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Nima uchun ob-havo har xil bo‘ladi?

Ha, nima uchun? Yerga tushayotgan issiqlik manbai har doim o‘sha-o‘sha, Yerga yetib keladigan quyosh energiyasi miqdori Yer shakli, uning yuzasi va sayyoramizni o‘rab turgan havo qobig‘ining gaz tarkibi o‘zgarishsiz bo‘lganidek, deyarli bir xil. Ob-havo esa nafaqat sayyoraning turli joylarida, balki uning alohida nuqtasida ham, faqat turli mavsumlardagina emas, balki bir kun, hatto bir soat davomida ham har xil bo‘ladi.

Ob-havoning bunday turli tuman va beqaror bo‘lishining sabablari shunchalik ko‘pki, sanog‘i bir kitobdek bo‘ladi. Biz bu yerda faqat ikkita asosiy sababni ko‘rsatamiz: birinchidan, atmosferaning o‘ta harakatchanligi, ikkinchidan, ob-havoning istalgan lahza yoki  istalgan vaqt oralig‘idagi holatini belgilaydigan meteorologik kattaliklar va hodisalarning juda ko‘pligidir.  Barcha bu kattaliklar (harorat, namlik, shamol, bosim, bulutlar va h.k.) o‘zaro bog‘liq – ulardan birontasining o‘zgarishi boshqalarining ham o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, atmosferadagi jarayonlarning rivojlanishi bulutlilikning o‘zgarishiga olib kelsa, uning natijasida harorat, namlik, yog‘inlar, shamol, bo‘ron yoki momaqaldiroq, tuman, do‘l va boshqa hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham ob-havo har xil va nobarqaror bo‘ladi....

            (manba: Astapenko  P.D.  «Voprosы o pogode», "Uzgydromet")

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech