FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Noqulay ob-havo oqibatlari bartaraf etilmoqda

Toshkent shahar, Toshkent, Sirdaryo, Jizzah, Samarqand va boshqa viloyatlarda noqulay ob-havo natijasida daraxtlarning sinishi va qulashi bilan bog'liq holatlar yuzaga keldi.

Hozirda ushbu vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari tashkil etilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va bo'limlari xodimlari tomonidan joylarda yo'laklar, avtomobillar harakatlanuvchi ko'chalar, xiyobonlar bo'ylab tozalash ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech