FVV ogohlantiradi:
2 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir yog'ish mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-28 m/s (61-100 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9*S iliq, kunduzi 19-24*S iliq bo'ladi.

O‘rganish, tahlil va tavsiya

         Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida vazir maslahatchisi B.Valiyev, Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik S.Magdixodjayev, boshqarma boshlig‘i maslahatchisi G.Bekovalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda davlat tilida ish yuritish holati o‘rganib chiqildi.

         Tadbir davomida davlat tili talablariga mos bo‘lmagan yozuv hamda peshlavhalar bartaraf qilinib, bo‘limda davlat tilini rivojlantirish, bu borada xodimlarga zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan o‘zaro muloqot olib borildi hamda mutaxassislarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.  

FVV Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech