Joriy yilning 25 aprel kuni soat 08:50 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050- tezkor raqamiga fuqarolar tomonidan Jizzax shahar hududidan oqib o‘tuvchi Sangzor daryosiga ikki nafar kishi ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketib, daryo qirg‘og‘ining xavfli joyida turib qolganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.
Shu zahoti viloyat FVB Qutqaruv otryadi Suvda qutqaruv guruhi komandiri boshchiligida Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga etib borib, tezkor tadbirlar natijasida Jizzax shahar Ziyokor mahallasi fuqarolari (opa-uka) Jamatov Zuxriddin Nuralievich hamda Jamatova Sarvinoz Nuralievnalar daryo qirg‘og‘idan chiqarib olinib birinchi va psixologik yordamlar ko‘rsatildi.
Mazkur fuqarolar RSHTYOMning Jizzax viloyat bo‘limida malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilib, uyiga javob berildi