Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qarshida “General va yoshlar” uchrashuvi

Joriy yilning 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i general-mayor A.Qo‘ldoshev Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan Prezident maktabida o‘quvchi yoshlar bilan “General va yoshlar” uchrashuvida ishtirok etdi.  

         Tadbir boshida Prezident maktabi o‘quvchilari jo‘rligida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng uchrashuvni Prezident maktabi direktori S.Sodiqov kirish so‘zi bilan ochib berdi va so‘zni uchrashuv mehmoni general-mayor A.Qo‘ldoshevga berdi.

         General-mayor A.Qo‘ldoshev o‘z so‘zida yaqinda “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligining yuqori ko‘tarinkilik bilan nishonlanganligi, mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan erishilayotgan yutuqlar, mamlakatimiz yoshlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, buning natijasida yoshlarimizni fan, ta’lim, san’at, sport sohalarida, olimpiada, ko‘rik-tanlov, chempionatlarda dunyoda birinchi o‘rinlarni olib, yurtimiz obro‘-e’tiborining ortishiga o‘z hissasini qo‘shayotganligi, shuningdek, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik tadbirlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

         Shu bilan bir qatorda, general-mayor A.Qo‘ldoshev qutqaruvchilik sharafli va mashaqqatli kasb ekanligi to‘g‘risida tushuntirish berdi. Qutqaruvchi o‘zi kimligi, bunday mashaqqatli, ayni paytda sharafli kasb egasi bo‘lish uchun nimalar qilish kerakligi, qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish lozimligi, insonparvarlik, mardlik va jasorat kabi fazilatlarga qanday erishilishi to‘g‘risida so‘zlab berdi.

         Tadbir davomida berilgan savol hamda takliflarga muvofiq, general-mayor A.Qo‘ldoshev o‘z hayot va xizmat faoliyati davomida boshdan kechirgan qiyinchiliklar hamda yutuqlari to‘g‘risida o‘rtoqlashdi. Bu, o‘z navbatida, yoshlarni yuksak vatanparvarlik, yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdek sharafli vazifa sari ruhlantirdi.

         Uchrashuv yakunida general-mayor A.Qo‘ldoshev tomonidan Prezident maktabi jamoasiga esdalik sovg‘alar ulashildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech