Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qashqadaryo viloyati FVBning ustuvor vazifalari belgilab olindi

Bugun Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari A.Latifjonov olib bordi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari S.Azizov ishtirok etdi.  

Yig‘ilishda 2019 yil mobaynida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, 2020 yilda favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari o‘z so‘zida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan sohada olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida tizimda qator ijobiy ishlar olib borilayotganligi, ayniqsa, shaxsiy tarkibning jangovarligini oshirish, qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, shu bilan birga, hududlarda zamonaviy yong‘in-qutqaruv qism binolarini ta’mirlashga bo‘lgan e’tiborni alohida ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida 5 nafar harbiy xizmatchiga navbatdagi maxsus unvonlar shuningdek, “Vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi sport turi bo‘yicha faxrli uchinchi o‘rinni egallab, musobaqada munosib ishtirok etgan Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi kapitan A. Yaxshiboyevga diplom va bronza medali tantanali topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech