Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
19 iyul kuni ob-havo kam bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 38-43 С, shimolda, janubda va cho'l hududlarda 44-45 С gacha issiq bo‘ladi.

Qirg‘iziston Respublikasi hududida YTH natijasida jarohatlangan hamda RSHTTYOIMga olib kelingan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot

Avval xabar berganimizdek, 2017 yilning 3 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasining “Issiqqo‘l - Bishkek” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 6 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turli darajadagi tan jarohatlari olishgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan 5 avgust kuni Mudofaa vazirligining maxsus harbiy samolyoti Toshkent shahridan uchib Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l viloyatining Tamchi shahridan jabrlangan fuqarolarimizni poytaxtimizga olib keldi. So‘ngra jabrlanganlar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtrildi hamda ular kompyuter tomografiyasi, rentgen, UZI, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilib, malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazildi.

Hozirgi vaqtda jabrlanganlarning ahvoli quyidagicha:

2006 y.t. Orlov Igor Sergeevich, opretsiya qilingan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.

2006 y.t. Orlova Veronika Sergeevna, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.

1976 y.t. Orlova Elena Aleksandrovna malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.

1952 y.t. Ob’edkova Lyudmila Aleksandrovna, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.

1969 y.t. Xan Janna Mixaylovna, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.

2004 y.t. Li YAna Andreevna, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ahvoli yaxshi bo‘lganligi uchun uyiga javob berilgan.

O'xshash yangiliklar

Idoralararo kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi

2018 yil 18 iyul kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy is…

O‘z vaqtida qutqarilgan qizcha

Joriy yilning 15 iyul kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Todakol suv havzasining chomilish uchun moljallangan qismida, 2010 yilda tugilgan A.Z ismli qizcha ota-onasi bilan chomilishga keladi. Shu…

E’lon

Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida, Jamoatchilik kengashi tarkibiga nomzodlar korib chiqilayotganligi sababli, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ko`p yillar davomi…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech