Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Qo‘shni mamlakatda FV oqibatlarini bartaraf etish ishlari

Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov boshchiligidagi delegasiya a'zolari Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatining favqulodda vaziyatdan zarar ko‘rgan hududlarida bo‘ldi. 

Bu yerda suv toshqini natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlari yana bir karra o‘rganilib, zarur tadbirlar belgilab olindi. 

Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi tarafidan 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta qishloq xo‘jaligi, muhandislik va yong‘in-qutqaruv texnikalaridan iborat qo‘shimcha  kuch va vositalar mazkur hududga yetib bordi.    

Hozirda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech