FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Rossiya Federatsiyasining Lipetsk viloyati Dubrovskiy tumanidagi yo‘l transport hodisasi natijasida vafot etganlar vatanga olib kelindi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 6 sentyabr kuni soat 20:30da Lipetsk viloyati Dubrovskiy tumani Bogorodsk aholi punktida yo`l transport hodisasi yuz bergan edi. Buning natijasida, voqea joyida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan, 1 nafar  Rossiya Federatsiyasi fuqarosi turli darajada tan jaroxati olib shifoxonaga yotqazilgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar,  Ichki ishlar hamda Sog`liqni saqlash vazirliklarining hamkorlikdagi harakarlari natijasida joriy yilning 9 sentyabr kuni “O`zbekiston havo yo`llari” MAK ning “Moskva-Urganch” yo`nalishi bo`yicha YTH oqibatida vafot etgan O`zbekiston fuqarolari Vatanga olib kelindi va dafn marosimini o`tkazish uchun yaqin qarindoshlariga topshrilidi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech