FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

"Sardoba"da shijoat qizg‘in

Hozirgi kunda Sirdaryo viloyatining toshqindan zarar ko‘rgan hududlaridagi 5 426 gektar yer maydoniga chigit ekildi.

Zararlangan g‘alla maydonlarining 2331 gektari saqlab qolinib, qolgan 3653 gektaridan 95 gektarining meliorativ holatini qayta tiklash, 3558 gektariga mosh ekish bo‘yicha hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda suv toshqini yuzaga kelgan maydonlarning 15 452 gektari, jumladan, 8941 gektar paxta, 6511 gektar g‘alla ekin maydonlaridan toshqin suvlari chiqarildi.

Qayd etish kerakki, hozirgi kunga qadar jami 5 549 nafar pensionerning 3,9 mlrd. so‘mlik pensiya pullari Xalq banki filiallari tomonidan naqd pul shaklida yetkazib berildi.

Shuningdek, 294 yo‘qolgan plastik kartalar qayta tiklanib, o‘z egalariga taqdim etildi.

Olib borilayotgan tadbirlar davomida topilgan 5 160 uy hayvoni o‘z egalariga qaytarildi.

E'tiborlisi, hozirgi kunda har bir tumanning

3 tadan, jami 9 ta mahallasida 558 pudratchi tomonidan aholi xonadonlarini ta'mirlash ishlari davom ettirilmoqda. Ta'mirlash ishlariga 14 289 nafar ishchi, 820 ta texnika jalb qilindi.

Shuningdek, pudratchi korxonalar tomonidan uylarni chiqindilardan tozalash, pollar, devorlar, eshik va derazalarni demontaj qilish ishlari ham faollik bilan olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, uylarning tom qismi qaytadan mustahkamlanib, yaroqs Yana bir muhim jihat – olib borilayotgan ta'mirlash va tiklash ishlari bilan bir vaqtda aholining bandlik masalalari ham ijobiy tomonga o‘zgargan. Xususan, jamoatchilik asosida haq to‘lanadigan ishlarga jami 2 214 nafar ishsiz aholi jalb etilib, shundan 1 864 nafari qurilish hududlarini obodonlashtirish, 304 nafari esa chiqindilarni saralash va nihoyat, 46 nafari boshqa qurilish ishlariga safarbar qilingan.

So‘zimiz yakunida xususiy tadbirkorlik ob'ektlari bo‘yicha talofatlarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarga ham to‘xtalib o‘tmoqchimiz.  

Jumladan, bugungi kunda mol-mulklariga zarar yetgan 41 tadbirkorlik sub'ektining to‘liq ro‘yxati shakllantirilgan.

Zarar ko‘rgan tadbirkorlik ob'ektlari mol- mulklarining sug‘urtalanganligiga aniqlik kiritish uchun ularning ro‘yxati Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta agentligiga taqdim etildi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, aytish mumkinki, 

14 tadbirkorlik ob'ektiga tegishli noturarjoy binolari 4 083,7  mln. so‘mga sug‘urta qilingan.iz holga kelgan yog‘och va shiferlar o‘rniga yangilari o‘rnatilmoqda.

Bugungi kunga qadar 2 ta tadbirkorlik ob'ektiga mol-mulki bo‘yicha 866,4 mln. so‘m miqdorda to‘lov amalga oshirilgan.

Ma'lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, mazkur keng ko‘lamdagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuch va vositalari faol jalb qilingan.

Bu kabi amaliy sa'y-harakatlar davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech