Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Sirdaryo viloyatida toshqin oqibatlarini bartaraf qilish jarayoni davom etmoqda

Sirdaryo viloyatida tabiiy ofatning oqibatlarini bartaraf etish uchun qo'shimcha kuchlar yordamida keng ko'lamli tadbirlar olib borilmoqda. Bugungi kunda Favqulodda vaziyatlar vazirligining yana 400 nafar xodimi va 200 ga yaqin maxsus texnika favqulodda hodisa joyiga yetib keldi. Bular yong'in o'chirish mashinalari va suv tortib oluvchi moto-pompalardir. Bundan tashqari, qo'shimcha ravishda Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi xizmatlarining kuch va vositalari jalb etilgan. Ayni vaqtda maxsus texnikalar yordamida xo'jalik yerlari va xonadonlardan suvni tortib chiqarish hamda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Ta'kidlash joizki, hozirda xavfsiz hududga ko'chirilgan fuqarolarning bir qismini qaytarish choralari ko'rib chiqilmoqda.
Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tabiiy ofat o'chog'iga yana bir bor tashrif buyurib, u yerda olib borilgan ishlar bilan tanishdi va ofat oqibatlarini tezda bartaraf etish bo'yicha qo'shimcha topshiriqlar berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech