FVV ogohlantiradi:
12 avgust kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan g'arbiy yo'nalishga o'zgarib, 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi, Harorat 30-35*S issiq bo'ladi.

Sirdaryo viloyatining suv toshgan hududidan yig‘ib olingan ashyolar yo‘q qilindi

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda. Xabar berganimizdek, toshqin hududlari suvdan holi etilib, quruq va qulay holatga keltirildi. Hozirda bu maydonda ikkilamchi tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, oqim vaqtida zarar yetgan ashyolar, uy xo‘jaligi buyumlarini yig‘ish, ularni hududdan olib chiqish va yo‘qotish tadbirlarini misol qilish mumkin. Chunki bunday vositalar qayta foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanib, sanitariya-gigiena talablariga javob bermaydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech