O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 576-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyat hududida joylashgan mahalla va aholi turar joylarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarni is gazidan zaharlanishi va boshqa noxush holatlarning oldini olish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, mahalliy hokimliklar, gaz ta’minoti va elektr tarmoqlari korxonasi va boshqa mas’ul tashkilotlarlarning 500 nafar mutaxassislaridan iborat 13 ta ishchi guruhning doimiy faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
TARG‘IBOT ISHLARI O‘Z SAMARASINI KO‘RSATMOQDA
- Qo'shildi: 21.10.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 4312