FVV ogohlantiradi:
27-oktyabr kuni ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.

TOSHKENT SHAHRINING CHILONZOR TUMANIDA QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQI BO‘LIB O‘TMOQDA.

Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2020 yilning 26-28 fevral kunlari “Chilonzor tumani boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi tizimlari aholini va hududlarni zilzila oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi 26 fevral kunidan boshlandi.

Uch kun davom etadigan ushbu Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining birinchi kuni 8:00-9:00 ga qadar  Chilonzor tumani hokimligi majlislar zalida tuman boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi tizimi xizmatlari, tibbiyot muassasalari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari raxbarlari, maktabgacha ta’lim  muassasalari, MFY raislari, tijorat banklari, bozorlar hamda boshqa tashkilot rahbarlari ishtirokida FVDT xizmat raxbarlarining yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik xolati bo‘yicha qisqacha ma’ruzalari tinglandi.

Hamda tuman “Yig‘ma mexanizatsiya otryadi”ning kuch va vositalarining saf ko‘rigi o‘tkazildi va ularning vazifalari belgilab olindi.

Shundan so‘ng “Xumo Arena” muz saroyi ko‘p tarmoqli majmuasi va “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ  hududlarida ob’ekt tuzilmasini jalb qilgan holda maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.

Zilzila oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat natijasida yer osti quvurlaridagi shikastlanish va uni bartaraf etish bo‘yicha tuman “Toshissiqquvvat” DUK tomonidan ham maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Bunda yer ostidan o‘tgan suv quvurlarida yuzaga kelgan turli darajadagi shikastlanish va yoriqlarni qayta tamirlash ishlari olib borildi.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining birinchi kun yakunida kuzatuvchi va mutasaddilar tomonidan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan qo‘shimcha takliflar berildi va kun davomida o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlarining yutuq va kamchiliklari muxokama qilindi.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi 27-28 fevral kunlari davom etadi. 

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech