Joriy yilning 8 avgust kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i X.Alibaev viloyat hokimiyati delegatsiyasi tarkibida Belarus Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligida bo‘ldi.
Tashrif maqsadi - Belarus Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini o‘rganish hamda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida o‘zaro tajriba almashish.
Mehmonlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi universiteti Qayta tayyorlash va malaka oshirish institutida shuningdek, Respublika tezkor boshqaruv markazi, poytaxt hududida tezkor boshqaruv markazi «Pojsnab» MCHJ foliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Toshkent viloyati delegatsiyasi mazkur tashrif doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish sohasida belaruslik mutaxasislar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadilar.
FVV Matbuot xizmati