FVV ogohlantiradi:
4 iyul kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35*S issiq bo‘ladi.

UCH NAFAR FUQARO QUTQARIB QOLINDI

Joriy yilning 25 may kuni soat taxminan 08:25larda “Qamchiq” maxsus yong‘in qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga  “Toshkent-O‘sh” avtomobil' yo‘lining 268 km.da “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan   “HOWO” rusumli yuk mashinasining yo‘l chetida to‘xtab turgan “Damas” rusumli  avtomashina orqa qismidan kelib, to‘qnashuv sodir etganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.  To‘qnashuv tufayli “Damas” avtomashinasi o‘zidan oldinda to‘xtab turgan “MAN” rusumli yuk mashinasiga  urilgan.

Oqibatda   “Damas” avtomashinasining haydovchisi  Yu.N hamda ushbu avtoulovdagi yana ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan.

YTHda jabrlangan fuqarolarni o‘z vaqtida qutqarib qolish uchun boshqarma tezkor navbatchi guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi va qutqaruvchilar tomonidan ularga birinchi hamda psixologik yordamlar ko‘rsatilib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yetkazildi. Xaloskorlarning keskin vaziyatda qabul qilgan to‘g‘ri va  tekzkor choralari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yana bir fojeaning oldi olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech