Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Buyuk kelajak” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro joriy yilning 18-iyul kuni soat 20.07 lar atrofida FVB tezkor-dispetcherlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, ikki yoshli farzandi uy ichkarisida qarovsiz qolib ketganligi, temir eshik qulflanib, uni ochishning imkoni bo‘lmayotganligi, qolaversa, xonadon ichida gaz plitasi yoniq qolganligi hamda farzandlaridan xavotir olayotganligi to‘g‘risida murojaat qilgan.
Olingan xabardan so‘ng qutqaruv otryadi xaloskorlari zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, qisqa vaqt ichida qulflanib qolgan uy eshigini ochishib, bolajonni onasiga topshirishdi.