FVV ogohlantiradi:
28 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-23*S iliq bo'ladi.

Vazirlikda Amerika delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazildi

Joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligida AQSH Qurolli kuchlari Markaziy Qo‘mondonligi Quruqlikdagi qo‘shinlarining fuqaro va harbiy idoralar bilan hamkorlik boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish doirasida O‘zbekiston-Amerika hamkorligining bugungi holati hamda rivojlanish istiqbollariga shuningdek favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan fikrlar almashildi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech