Joriy yilning 12 –16 noyabr kunlari Toshkent shahrida Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasining navbatdagi konferensiyasini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 sentabrdagi 563-F-son farmoyishi bilan Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasi prezidenti A.Chupriyan boshchiligidagi xalqaro federatsiyaga a’zo davlatlar delegatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi dasturi tasdiqlangan.
Xalqaro konferensiya davomida 2022 yilda yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha Samarqand shahrida erkaklar o‘rtasida XVII hamda ayollar o‘rtasida VIII jahon chempionatlarining o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish hamda hakamlar haya’tini tasdiqlash bilan bog‘liq tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 21 oktabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi binosida mazkur farmoyish bilan tasdiqlangan dastur asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy masalalar yuzasidan vazirlik Qutqaruv kuchlari xizmatini va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i S.Zuparov raisligida bir qator vazirlik va idoralarlarning mas’ul vakillari ishtirokida birinchi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Majlis davomida S.Zuparov tomonidan dasturning har bir bandiga alohida e’tibor qaratilib, vazirlik va idoralarga taalluqli masalalar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Ma’lumot o‘rnida, hozirgi kunda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ushbu tadbirda 20 dan ortiq davlatning vazir, vazir o‘rinbosarlari hamda 10 ga yaqin xalqaro tashkilot rahbarlarining ishtirok etishi bo‘yicha talabnomalar kelib tushgan.