FVV ogohlantiradi:
4-8 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo'ladi.

Yolg‘iz qariyaga yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning 8 dekabr kuni soat 9:20da Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga M.Ostonov qo‘ng‘irlq qilib, Buxoro shahar “Piridastgir” ko‘chasi yashovchi qo‘shnisi 1937 yilda tug‘ilgan Yu.Truxov uch kundan buyon hovliga chiqmaganligi hamda eshikni ochmayotganligi sababli uning holidan havotirda ekanligini aytib murojaat qildi.

Kelib tushgan xabarga ko‘ra boshqarma bo‘yicha ma’sul navbatchi yordamchisi leytenant A.Arabov boshchiligida qutqaruvchilar A.Zoirov, B.Narzullayev H.Raximovlar zudlik bilan voqea joyiga yetib borishdi.

Qutqaruv asbob anjomlari yordamida xonadonning temir eshigi ochilganda haqiqatdan ham fuqaro Yu.Truxov 3 kun avval yiqilib tushganligi va o‘rnidan turolmaganligi aniqlandi. Qutqaruvchilar tomonidan fuqaroga tezkorlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va tez tibbiy yordam hodimlariga topshirildi. Hozirda uning ahvoli yaxshilandi.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech