Kuni kecha Toshkent botanika bog‘ida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida ko‘rgazmali, ko‘ngilochar, o‘quv-amaliy, sport tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in–qutqaruv bo‘linmalari tashkil etdi.
Ko‘rgazmali-ko‘ngilochar tadbirga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-sonli, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi, Toshkent iqtisodiyot, Toshkent turizm kollejlari, Yunusobod tumani 288, 98 va Tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari hamda Toshkent botanika bog‘iga tashrif buyurgan aholi taklif etildi.
Dastlab Qutqaruvchilarga o‘n ikki bosqichdan iborat bo‘lgan, ikki paralel yo‘nalishda ikkitadan iborat bo‘lgan qutqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan “Krossfit” ko‘rgazmali chiqishiga start berildi, undan so‘ng favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etuvchi avariya-qutqaruv asbob-anjomlarining shuningdek maxsus avtotexnikalarning namoyishi o‘tkazildi.
Bundan tashqari tomoshabinlar bilan aholi va hududlarni muhofaza qilishga oid viktorina o‘tkazildi, viktorina g‘oliblariga vazirlik tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bu kabi tadbirlarni ko‘rgazmali hamda ko‘ngilochar tarzda nishonlanishi halq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga, shuningdek yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.