Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
FVV ogohlantiradi:
22 avgust kuni ob-xavo o'zgaruvchan yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol shaqgan g'arbga 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 (54-72 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 30-35 C issiq bo'ladi.

Yаshil iqlim jamg‘armasi bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari

2018 yil 24 oktyabrda O‘zbekiston milliy matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Yashil iqlim jamg‘armasi bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari” mavzuida  matbuot anjumani o‘tkazildi.

BMT Taraqqiyot dasturi, BMT Atrof muhit dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining “O‘zbekistonni Yаshil iqlim jamg‘armasi resurslaridan foydalanishga tayyorlash” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir  milliy tashkilotlar, idoralar, OAV va keng jamoatchilikning Yаshil iqlim jamg‘armasi faoliyati to‘g‘risidagi xabardorliklarini oshirishga qaratilgan.

Tadbirning maqsadi Yаshil iqlim jamg‘armasi va BMTTDning O‘zbekistondagi loyihasining faoliyatini yoritish, milliy tashkilotlar va loyiha sheriklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Germaniya Hukumatining moliyaviy ko‘magida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha iqlimiy moliyalashtirish, xususan Yаshil iqlim jamg‘armasi mablag‘larini olish, ulardan samarali foydalanish va monitoring qilishda milliy salohiyatni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Hozirgi vaqtda Milliy vakolatli organ O‘zgidromet hamda Loyiha ko‘magida milliy arizachi tashkilotlar tomonidan iqlim o‘zgarishiga moslashish va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish, shu jumladan, cho‘llanish va erlar degradatsiyasi jarayonini oldini olish, tabiiy ofatlar xavfini boshqarish tizimini takomillashtirish  masalalari bilan bog‘liq 10 ta loyihaviy g‘oya ishlanmoqda.

Mazkur matbuot anjumani doirasida Loyiha erishgan natijalar muhokama qilindi, Yаshil iqlim jamg‘armasi faoliyatini aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi, O‘zbekistonning Yаshil iqlim jamg‘armasi bilan hamkorligi, YaIJga taqdim etish uchun ishlab chiqilayotgan loyihalar, Milliy tashkilotlarning YаIJda akkreditatsiyadan o‘tishi to‘g‘risida taqdimotlar qilindi.

YаIJ o‘z resurslarini akkreditatsiya qilingan tashkilotlar orqali taqdim etadi. Bu tashkilotlar loyihaviy takliflar ishlab chiqadilar va YаIJga yo‘llaydilar, YаIJ tomonidan tasdiqlangan loyiha, dasturlarni nazorat qiladilar, boshqaradilar v monitoringini amalga oshiradilar. Hozirgi vaqtda YаIJ tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlaridan milliy muassasalarni akkreditatsiya  qilishga katta e’tibor qaratilmoqda, akkreditatsiya jarayoni navbatdan tashqari va soddalashtirilgan sxema bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

 Ma’lumot uchun. Yashil iqlim jamg‘armasi (YаIJ) BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy konvensiyasi tomonlarining 2010 yilda Kankunda o‘tkazilgan o‘n oltinchi konferensiyasida 194 mamlakat hukumati ishtirokida tashkil etildi. Uning maqsadi – rivojlanayotgan mamlakatlarda issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirishga, shuningdek, zaif jamoalarning iqlim o‘zgarishining muqarrar o‘zgarishlariga moslashishi jarayonlariga ko‘maklashishdan iborat. YaIJ qarorgohi Koreya Respublikasining Songdo shahrida joylashgan.

YаIJ atmosferaga chiqariladigan issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish, global iqlim o‘zgarishiga barqarorlikni oshirish uchun iqlimiy moliyalashtirishni rag‘bailantirishga yo‘naltirilgan. 2014 yilda uning boshlang‘ich kapitalizatsiyasi 10 milliarddan ortiq AQSh dollarini tashkil etdi. Bugungi kunga kelib YAshil iqlim jamg‘armasi butun dunyo bo‘ylab jalb qilingan mablag‘lar hajmi 10 milliard dan ortiq AQSH dollariga teng 93 ta loyihani ma’qulladi.

2015 yilda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimi qabul  qilindi va YаIJ Bitimga xizmat ko‘rsatish va global iqlim ilishini 2 gradus Selsiydan ancha past ushlab turishga ko‘maklashishda muhim o‘rin egalladi.

O‘zbekiston Parij bitimini 170 mamlakat qatorida 2018 yil 27 sentyabrida ratifikatsiya qildi va bu bilan atmosferaga chiqariladigan issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish, texnologik qayta qurollanish, va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha choralar qabul qilish majburiyatini oldi.

O'xshash yangiliklar

Қудуқга тушиб қолган ит чиқариб олинди

Жорий йилнинг 20 август куни соат 13:35да Жиззах вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси навбатчилик қисмига, Жиззах шахар Кўтарма МФЙ Х.Дўстлиги кўчаси 2-уйда истиқоат қилувчи фуқаро Б.Ҳ. томонидан, …

Hashar elga yarashar

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo`lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini otkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalg…

Ўз вақтида ёрдам кўрсатилди

Жорий йилнинг 15 август куни Тошкент шаҳар Фавқулодда вазиятлар бошқармасининг навбатчилик қисмига соат 14:34да Миробод тумани Фарғона йўли кўчасида Дамас, Жигули ва Ласетти русумидаги автомобиллар иш…

Навоий вилоятида туман Фавқулодда вазиятлар бўлимларининг моддий-техник базаси мустаҳкамланмоқда

Бугунги кунда мамлакатимизда фавқулодда вазиятларни олдини олиш ва уларни бартараф этиш соҳасида кенг кўламли ислоҳотлар олиб борилмоқда. Дарҳақиқат, республикамизнинг олис ҳудудларида юзага келиши му…

Ангрен шаҳрида футбол мусобақаси ўтказилди

Ўзбекистон Республикаси Давлат Мустақиллигининг 28 йиллигини кенг нишонлаш, муносиб кутиб олиш мақсадида Жонажон Ўзбекистоним, мангу бўл омон! шиори остида, жорий йилнинг 12 август куни Ангрен шаҳрида…

Davlat ramzlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech