FVV ogohlantiradi:
17 noyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

Yuksak e’tirof!

Albatta xar bir kasbning o‘ziga yarasha mashaqqatlari bor. Lekin, dunyoda shunday kasblar borki, insondan matonat, iroda, tezkorlik va albatta kasbiy mahoratni talab qiladi. Qutqaruvchilik kasbi xam ana shundaylar sirasiga kiradi. Yong‘in, suv toshqinlari, zilzila kabi ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, insonlarni qutqarish, bu ishlarda xayotini xavfga qo‘yish kabi jarayonlar bu kasb egalaridan naqadar matonat talab etilishining aniq dalilidir.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 28 yillik bayram tantanalari arafasida bir guruh xarbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oliy mukofotlarga loyiq deb topililishi buning yaqqol misolidir.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarining xam bunday e’tirofga sazovor bo‘lishlari Prezidentimiz qolaversa xalqimiz tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonchdan dalolatdir.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xorazm viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i podpolkovnik I.Matchanov va Xorazm viloyati FVB YoXB boshlig‘i podpolkovnik G‘.Alaviddinovlar so‘zga chiqishib, mukofotlanganlarni samimiy muborakbod etishdi. Shundan so‘ng mukofotlanganlar shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Jumladan,

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari mayor Raximov Shukrullo Ro‘zmamatovich – “Shuxrat” medali;

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Urganch shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limi bo‘linma komandiri katta serjant Ro‘zimov Qudrat Kenjayevich – “Sodiq xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlandilar.

Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi -  Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi  general-leytenant Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov tomonidan Xorazm viloyati FVB Urganch shahar FVB boshlig‘i kapitan Tojiboyev Muzaffar Muhiddinovich va O‘zbekiston Respublikasi FVV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov tomonidan Xorazm viloyati FVB YoXB Kadrlar guruhi katta inspektori kapitan Avazmetov Bobomurod Faxraddinovich, Xiva tumani YoXB 4-HYoXQ smena boshlig‘i leytenant Madaminov Izzatbek Umidbekovich, Xorazm viloyati FVB YoXB 5-HYoXQ katta yong‘in o‘chiruvchisi safdor Sobirov G‘iyos O‘ktamovich, Urganch shahar YoXB 1-HYoXQ yong‘in o‘chiruvchisi safdor Do‘schanov Abror Sharifboyevich hamda bir nechta xizmatchilar “Faxriy yorliq”lar bilan mukofotlandilar.

Tadbir bayramona kayfiyatda o‘tkazilib, xammaga xam bunday yuksak unvonlar nasib etishi, buning uchun o‘z ustida tinim bilmasdan ishlash lozimligi ta’kidlandi.

Albatta bunday e’tibor bu soha vakillariga yanada mas’uliyat yuklaydi va o‘zgacha g‘ayrat-shijoat bilan xizmat olib borishlariga zamin yaratadi.

Yana bir bor mukofotlar muborak aziz xamkasblar!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech