FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Zararli chigirtkalarga qarshi kurashishi qizg‘in davom etmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Agrokimyohimoya” AJ, O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish institutining “Chigirtkalarni o‘rganish laboratoriyasi” hamkorlikda Respublikamiz hududlarida zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbirlarda zararli chigirtkalar tarqalgan maydonlarni aniqlash, kimyoviy ishlovdan o‘tkazish talab etiladigan maydonlarni belgilash hamda zarur bo‘ladigan kimyoviy preparatlar, texnikalar va yordamchi vositalar bilan maxsus ishlov berish ishlarini amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbirlarga 640 yaqin mutaxasislar 148 ta traktor, 325 ta qo‘lpurkagich 8 ta motodel'taplan 26 ta maxsus mashina jalb qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech