FVV ogohlantiradi:
21-25 avgust kunlari ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22*S iliq, kunduzi 33-38*Sgacha issiq bo'ladi.

Zomin tumani oʼrmon hududida sodir boʼlgan yongʼin oʼchirildi

Avval xabar berganimizdek, 1 avgust kuni ertalab soat 10:40 da Jizzax viloyati Zomin tumani “Duoba” MFY “O‘riklisoy” aholi punkti hududiga yaqin joyda taxminan 80 Ga. maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan. Yong‘inni o‘chirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Chegara qo‘shinlari, Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi xodimlari jalb etilgan.  Yong‘ini o‘chirishga FVV mudatli harbiy xizmatchilaridan 400ta, Jizzax viloyati FVBdan 150 nafar shaxsiy tarkib, 14 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta yong‘in qutqaruv otryadi, Mudofaa vazirligidan 4 vertolyot (2 va 3 tonna tonna suv olish sig‘imiga ega,) shuningdek 400 nafar askarlar, IIVdan 150 nafar, Chegara qo‘shinlaridan 200 nafar va O‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan 200 nafar ishchi va xizmatchilar jalb etilgan.

Voqea joyiga FVV rahbariyati, Jizzax viloyati FVB rahbariyati va shaxsiy tarkibi  chiqqan. Jalb etilgan kuch va vositalar voqea joyiga 11-20 da yetib bordi.

Yong‘in soat 18:20 batamom o‘chirildi. Barcha jarayon Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari tomonidan muvofiqlashtirilib borildi. Tegishli idoralarning kuch vositalarining o‘z vaqtidagi xarakatlari natijasida  yong‘in yaqin atrofdagi aholi punktlariga o‘tmadi.

Shuningdek, yong‘in oqibatida jabrlanganlar va xalok bo‘lganlar yo‘q

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech