FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda Korakalpok, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida kor yomg'ir yog'ib tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat). Harorat 0-5 C iliq' bo'ladi.

“Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” doirasida

“Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar (is gazidan zaharlanish, havo-gaz chanashi) va yong‘inlarni oldini olish borasida keng ko‘lamli targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Faqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati tarkibidan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani hokimiyatida favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harkat qilish davlat quyi tizimi mas’ullari hamda vazirlikning mazkur tumanga biriktirilgan xodimlari bilan aholi muhofazasini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar borasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishdan so‘ng joylarga chiqqan holda mas’ullar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan, tuman yong‘indan muhofaza qiluvchi 33-Yong‘in qutqaruv qismi texnikalari va yong‘in qutqaruvchilarining zarur qutqaruv vositalari, ularning qish mavsumiga shaylik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududida joylashgan ijtimoiy soha ob’ektlari: maktab, bog‘cha, kollej, hamda yangi qurilayotgan, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’ektlar o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida, aholi muhofazasini ta’minlash borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

Ta’kidlash joiz, “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” doirasida muhofaza tadbirlari Respublika bo‘ylab amalga oshirilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech