FVV ogohlantiradi:
29 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, bazi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida yomg'ir qor yog'adi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 17-22 m/s (61-79 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5*S sovuq, kunduzi 3-8*S iliq bo'ladi.

Aholi xavfsizligi va xotirjamligi yo‘lida: oylik davom etmoqda

Xabaringiz bor 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” etib belgilangan. Ana shu maqsadda FVV xodimlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda yong‘inlar, is gazidan zaxarlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish qaratilgan ko‘plab profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasida Yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi xodimlari tomonidan korxonaning “Markaziy moddiy texnik bazasi”si ishchi va xodimlari bilan o‘tkazildi.

Dastlab korxonaning majlislar zalida yig‘ilganlar e'tiboriga respublikamiz va dunyoda sodir bo‘lgan yong‘inlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda uning ayanchli oqibatlari videoroliklar namoyishi orqali ko‘rsatildi. Shundan so‘ng mutaxassislar favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda nimalarga e'tibor berish zarurligi, uni oldini olish choralari haqida batafsil tushuntirish va targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

Tadbir davomida korxona hududida yong‘in-qutqaruv texnikalari va yuzaga kelgan vaziyatlarda foydalaniladigan asbob-anjomlarining ko‘rgazmali namoyishi o‘tkazildi. Yakunda ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish va is gazidan ogohlantiruvchi targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech