FVV ogohlantiradi:
26 oktabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S iliq, kunduzi 17-22*S gacha iliq bo'ladi.

Aholi xavfsizligi va xotirjamligi yo‘lida: tungi vaqtda ham xizmat davom etadi

Andijon viloyati Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan hududda joylashgan ijtimoiy va tunda insonlar qoladigan ob'ektlarda doimiy ravishda tungi tekshiruvlar olib borilmoqda.

O‘tkazilayotgan tungi tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi bilan bir qatorda, mas'ul shaxslarga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi, e'tiborsizlik oqibatida turli ko‘ngilsiz holatlarning kelib chiqishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech