Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Aholi xavfsizligi va xotirjamligi yo‘lida

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishi asosida shahar FVB vakillari va Mirobod tuman FV bo‘limi xodimlari hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida aholi yashash xonadonlari, savdo markazlari, ijtimoiy soha ob'ektlari va tadbirkorlik sub'ektlarida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari hamda talablariga rioya etilishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha  profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlar doirasida aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyida bartaraf etilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech