Yurtimizda muborak Ramazon oyi shukuhi hukm surmoqda. Jome masjidlarida taroveh nomozlari oʻqilmoqda. Aholi xavfsizligini taʼminlash uchun FVV xodimlari tomonidan IIV, Milliy gvardiya va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yongʻinlar hamda boshqa koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida obyekt rahbarlari, ishchi-xizmatchilari bilan porofilaktik tadbirlar olib borilib, navbatchilik tashkil etilgan.
Shuningdek, tadbirlar davomida maskan ishchi-xizmatchilariga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi, e'tiborsizlik oqibatida turli ko‘ngilsiz holatlarning kelib chiqishi yuzasidan tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.