Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Aholi xotirjamligi va xavfsizligi yo‘lida: Qorqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, va boshqa viloyatlarda olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari xususida

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlarda doimiy ravishda kunu tun profilaktik tadbirlarni uyushqoqlik bilan tashkil etmoqda.

Unda soha xodimlari aholi yashash xonadonlari, qurilish ob'ektlari, tunda insonlar qoladigan maskanlar, savdo markazlari, ijtimoiy soha ob'ektlari va tadbirkorlik sub'ektlarida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari hamda talablariga rioya etilishi, is gazidan zaharlanish, botulizm, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqdalar.

Tadbirlar doirasida aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyida bartaraf etilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan fuqarolarga tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu boradagi amaliy harakatlar respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech