FVV ogohlantiradi:
2 iyun kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimol hamda cho‘l hududlarida 40-42*S gacha issiq bo‘ladi.

Alanga xabarlagichlarining texnik ko‘rsatgichlarini aniqlovchi yangi qurilma yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan alanga xabarlagichlarining texnik ko‘rsatgichlarini aniqlovchi «Optik dastgoh» sinov uskunasi ishlab chiqildi. Bu uskuna o`zining xabarlagichlarning yorug‘likka chidamliligini hamda himoyalash zonasini qamrab olish burchagini aniqlash jihati bilan ajralib turadi.

Alangani aniqlovchi xabarlagich - alanganing elektromagnit nurlarini sezuvchi avtomatik xabarlagichdir. Qayd etish joiz, xabarlagich yuqori sezuvchanlik va past inersiyaga ega. Ular tez rivojlanayotgan yong‘inlarni aniqlash uchun foydalaniladi. Xabarlagichni harakatlanish zonasi qamrab olish burchagi bilan aniqlanadi va lokal qurilmalarida himoyalashda qo‘llaniladi. Issiq va tutun xabarlagichlarini qo‘llash imkoni bo‘lmaganda, alangani aniqlovchi xabarlagichlar, issiqlik almashuvi katta bo‘lgan zonalarni va ochiq maydonlarini himoyalash imkonini beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech