Bugun, 1-noyabr kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida yong‘in-qutkaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibining bilim saviyasini oshirish, kasbiy va jangovar tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida, “A'lochi xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ko‘rik – tanlovning shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining to‘rtinchi qavatiga ko‘tarilish, to‘sinda tortilish hamda test savolariga javob topish bo‘yicha bellashdilar.
Tadbir yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.