Bugun, soat 12:35da "Qamchiq" dovoning 242 km. "Toshkent-Vodiy" yo‘nalishida harakatlangan "Nexia" rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l chetidagi xandaqqa (kyuvet) tushib ketgani ma'lum bo‘ldi.
Avtomashina ichida haydovchining o‘zi bo‘lib jarohat olmagan.
Voqea joyiga zudlik bilan "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari maxsus "Kamaz" rusumli texnikasida chiqishib, xandaqdagi avtoulovni chiqarib olishda amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Аmaliy yordam ko‘rsatdilar
- Qo'shildi: 17.01.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 452