Joriy yilning 23-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani tog‘li “Oybek” MFY Oqzov qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.K FVVning 1050 qisqa raqamga murojaat qilib, 10 bosh echkisi tunda bo‘ri hujmidan himoyalanish maqsadida tog‘ning cho‘qqilariga yashiringanligi bois ularni tushirishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Shunga ko‘ra tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, dengiz sathidan taxminan 1,5 kilometr balandlikda bo‘lgan tog‘ qoyalaridan echkilarni olib tushgan va hech bir ziyon yetkazmasdan o‘z egasiga topshirgan.