Bugun, 19-yanvar kuni Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi fuqaro Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 qisqa raqamiga murojaat qilib, noqulay ob-havo sharoiti tufayli havdovchi boshqaruvni yo‘qotish oqibatida Urganch tumani “Cholish” Qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan kanalga tushub ketganligini aytib, amaliy yordam berishni so‘ragan.
Shunga ko‘ra, boshqarma yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnika yordamida avtomobil kanaldan olib chiqildi.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q!
Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi havdovchilardan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyot choralarini ko‘rish va yo‘l harakati xavfsizligini qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda harakatlanishni so‘raydi!
Amaliy yordam ko‘rsatildi
- Qo'shildi: 19.01.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 489