Kecha, 7-avgust kuni soat 00:47 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani “Beshtom” MFY hududidan o‘tuvchi A-380 magistral yo‘lida “HOWO” rusumli fura yuk avtomobili haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketgan.
Shundan so‘ng haydovchi tumani FV bo‘limining qisqa 101 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib amaliy yordam so‘ragan. Zudlik bilan voqea joyiga qutqaruvchilar yetib borib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlar maxsus texnikalarini jalb qilgan xolda yuk mashina handaqdan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.