Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Amaliy yordam ko‘rsatildi

Kecha, 9-iyun kuni soat 16:54 da Toshkent viloyati FVBga 14 yoshli bola Olmaliq shahar To‘maris ko‘chasi bo‘ylab velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, ushbu ko‘chaning yo‘l chetiga o‘rnatilgan beton elektr tayanchiga urilgan va tayanchdagi teshikka boshi kirib qolganligi hamda unga amaliy yordam kerakligi to‘g‘risida xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida bolaga amaliy yordam ko‘rsatilgan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Bolani ahvoli yaxshi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech