FVV ogohlantiradi:
21 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'adi Faqatgina, Andijon. Namangan va Farg'ona viloyatlarida kechga yaqin ayrim joylarda yomg'ir yog'isni mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yog'ingarchilik kutilmaydia. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib 15-20 m/s (54-72 km/soat) gacna kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 8-13*S gacha iliq bo'ladi.

Andijon shahrida  gaz va havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi

2021 yil 12 mart kuni soat 17:22 larda Andijon shahar “1-son” MFY 2-kichik daha Furqat ko‘chasi 24 uy 9 xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan, sodir bo‘lgan yong‘indan yashash xonadonining 50 kv.m. maydoni va uy-ro‘zg‘or buyumlari yongan.

Voqea joyiga viloyat FVBning 4 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta avtonarvoni 17:25da yetib borib, 17:28da o‘rab olingan va 17:40da to‘liq bartaraf etilgan. Qutqaruvchilarning sayi harakatlari natijasida ko‘p qavatli uyning taxminan 1200 kv.m maydonda tom qismi va qo‘shni xonadonlar yong‘indan saqlab qolingan. 

Chaqnash natijasida uy egasi va uning nabirasi 50% termik kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.

Chaqnashning asosiy sababi tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi deb taxmin qilinmoqda. Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, sodir bo‘lgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz va isitish moslamalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilishingizni so‘raydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech