FVV ogohlantiradi:
25 iyun kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi, mumkin. Harorat kechasi 16-21*S iliq, kunduzi 30-35*S issiq.

Andijon viloyati FVB boshlig‘i tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun, Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, general-leytenant Sh.T.Normatov rahbarligida aholi bilan muloqot qilish, ularning muammolarini aniqlash va hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida jami 16 ta masalada 14 ta murojaat kelib tushdi. Ta'kidlash joizki, murojaatlarning aksariyati hududlardagi ijtimoiy ob'ektlar va infratuzilmalar holati bilan bog‘liq muammolardan iborat bo‘ldi.

Kelib tushgan barcha murojaatlar yuzasidan o‘rnatilgan tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech