Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida yong‘in-qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Navbatdagi yangi yong‘in-qutqaruv qismi binosi Andijon viloyatining chekka hududlaridan biri Ulug‘nor tumanida barpo etildi. Ushbu yangi binoda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan asrashdek sharafli kasb egalariga zamon talablariga mos, barcha qulayliklarga ega, muhimi, samarali xizmat olib borish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Xodimlar uchun sport zal, dam olish xonalari, oshxona, zamonaviy kutubxona, madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan auditoriya shular jumlasidan.

Bunday yorug‘ va shinam maskanda xaloskorlarimiz, chinakam ma'noda, xalqimiz uchun sharafli va savobli ishga hamisha shay bo‘lib turadilar, albatta.

Yangi binoning ochilish marosimi ajoyib tantanaga aylanib ketdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech