Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Andijonda “A'lochi xodim” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yong‘inlarni o‘chirish yo‘nalishi bo‘yicha “Alochi xodim” ko‘rik- tanlovining respublika bosqichi Andijon viloyatida o‘tkazildi.

Tadbirda harbiylashtirilgan hamda kasbiylashtirilgan yong‘in-qutqaruv qismlarining 150 nafardan ortiq smena boshliqlari, yo‘riqchi-qutqaruvchilar va qutqaruvchi (yong‘in o‘chiruvchi)lar sportning to‘sinda (turnik) tortinish, 3 km masofaga yugurish hamda ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish shartlari bo‘yicha o‘zaro bahs olib bordilar.

Ko‘rik-tanlov yakunida yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech