Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Andijonda FVV viloyat boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yo‘l chetida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etdilar

Bugun, 18 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l chetida qurigan o‘tlar yonayotganligi aks etgan video tarqaldi. Hodisa Andijon viloyati Andijon shahri Universitet ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yong‘in soat 10:58 da boshlangan. Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, qurigan o‘tlar yo‘lning chetiga tashlangan sigareta qoldig‘i tufayli yonib ketgan.  

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikkita yong‘in-qutqaruv guruhi 3 daqiqa ichida yong‘in sodir bo‘lgan joyga yetib borgan va yong‘in qisqa muddatda bartaraf etilgan. 

Hodisa oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

FVV qutqaruvchilarining sa'y-harakatlari natijasida yong‘inning qo‘shni hududlarga tarqalishining oldi olingan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech