Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Sh.Normatov ishtirokida Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf nomidagi maktabda “Yoshlarga berilayotgan imtiyozlar” mavzusida hamda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni favqulodda vaziyatlar yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berishga o‘rgatish, mas'uliyatli va sharafli kasb hisoblangan qutqaruvchilik kasbiga bag‘ishlangan “General va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat mobaynida general-leytennat Sh.Normatov harbiylik, qutqaruvchilik ishi haqida ma'lumot berishdan tashqari, o‘zining qiziqarli, murakkab va sharafli xizmat faoliyati haqida so‘zlab berdi. O‘quvchi va o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar. Uchrashuvda o‘quvchi yoshlar san'at va badiiy ijod yo‘nalishlarida chiqishlar qilib, ishtirokchilarga a'lo kayfiyat ulashdilar. Tadbir ishtirokchilari maktab o‘quvchilari tomonidan yaratilgan ijod namunalari bilan yaqindan tanishdilar va maktab muzeyiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv maktab o‘quvchilarida katta taassurot qoldirib, ularning harbiylik va qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.
Andijonda “General va yoshlar” uchrashuvi
- Qo'shildi: 24.10.2021
- Chop etish
- Ko'rishlar: 6342