FVV ogohlantiradi:
21 yanvar kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda Korakalpok, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida kor yomg'ir yog'ib tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s (25-43 km/soat). Harorat 0-5 C iliq' bo'ladi.

ANDIJONDA KO‘P KVARTIRALI UYDA HAVO-GAZ ARALASHMASINING CHAQNASHI BO‘YICHA RASMIY MA’LUMOT

2019 yil 4 dekabr kuni soat 14:13larda Andijon shahar 2 kichik dahasi, “Sog‘lom avlod” MFY, 7 uy, 38 xonadonda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi.

Sodir bo‘lgan chaqnash natijasida 7 uy, 38 xonadonning taxminan 30 kv.m. maydoni hamda 37 xonadonning 20 kv.m. maydoni: pol qismi, uy-ro‘zg‘or buyumlari yongan.

Voqea sodir bo‘lgan vaqtda uyning ikkinchi qavatidagi xonadonlarda hech kim bo‘lmagan. Zudlik bilan voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hamda tez-tibbiy yordam xizmatlari yetib borishgan. Yuqoridagi va pastki qavatlarda yashovchi fuqarolarga jarohat yetmagan va hech kimni shifoxonaga yotqizish talab etilmagan.

Qisqa vaqt ichida voqea joyiga Toshkent shahridan Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida vazirlik tezkor guruhi yetib bordi.  

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech