FVV ogohlantiradi:
24 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Havo harorati 22-27*S iliq bo'ladi.

ANGREN DARYOSIGA TUSHIB KETGAN OT QUTQARILDI

Kuni kecha “Angren” navbatchilik maskani navbatchi-dispetcheriga Angren shahar Jigariston mahallasida istiqomat qiluchi fuqaro Q.N. o‘ziga qarashli bo‘lgan bir juft otlari yo‘qolib qolib, Angren daryosi ichidan topilganligi, ammo ularni chiqarib olishning imkoni bo‘lmaganligi sababli boshqarma tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat yuzasidan “Angren” navbatchilik maskanidan M.Akbarov boshchiligida 3 nafar qutqaruvchilar, Angren shahar veterinariya xizmati xodimdari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan. Qisqa vaqt mobaynida qutqaruvchilar maxsus qutqaruv anjomlari yordamida otni daryodan olib chiqdilar. Bu orqali yana bir bor ko‘ngilsiz hodisaning oldi olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech