Angren shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy-vatanparvarlik festivali va texnikalar paradi o‘tkazildi. Unda 5 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etdi.
Dastlab, Angren shahrining Xotira maydonida harbiy xizmatchilar, askar va zobitlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng, “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida shahar hokimligi maydoni bo‘ylab harbiy parad takshil etildi.
Unda, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Angren shahar boshqarmasi tasarrufidagi harbiy avtomobillar, “Qamchiq” Maxsus, qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi harbiylari va zamonaviy maxsus texnikalari,
DXX chegara qo‘shinlari harbiy texnikalari, mudofaaga qarashli maxsus operatsion qo‘shinlari maxsus texnikalari, harbiylashtirilgan parad ishtirokchilari safda tantanavor yurish qildi. Hokimlik markaziy maydonida harbiy texnikalar hamda askarlarning chiqishlari namoyish etildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga “Qamchiq” Maxsus, qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasining “Kamaz” rusumli, avariya-qutqaruv mashinasi va undagi avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv asbob-anjomlari hamda qutqaruv vositalarini taktik-texnik tavsifi, uning imkoniyatlari va ulardan foydalanish tartib-tamoyillari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.