Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarsiz korxonalar faoliyatini rivojlantirish masalasini hech kim tasavvuriga sig‘dira olmaydi. Chunki hozirda axbarot kommunikasion texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib bormoqda, bu esa korxonalarga o‘z faoliyatiga yangi innovasion texnika va texnologiyalarni kiritish, yuqori texnologiyalardan foydalanib raqobatbardoshligini oshirish vazifalarini yuklaydi.
Mamlakatimizda “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi qabul qilinib, unga ko‘ra “aqlli transport”, “aqlli ta'lim”, “aqlli tibbiyot”, “aqlli energetika tizimi”, “aqlli qurilish, “aqlli kommunal xo‘jalik”, “aqlli uy”, “aqlli hokimiyat”, “aqlli mahalla” kabi loyihalar “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etishning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilandi. Shu bilan birgalikda mamlakatimizning aksariyat korxonalarida AKTni joriy etish masalalarida bir qancha muammolar saqlanib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilidagi ijrosi bo‘yicha dasturda ham bunga katta ahamiyat qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasida chuqur, keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz huquqiy ta'lim tizimini shakllantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Darhaqiqat, kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgargan rahbar xodimlarimiz, mutaxassislarimizning faoliyatiga ko‘p jihatdan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois, yangicha fikrlaydigan, o‘z xizmat sohasi va faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini samarali qo‘llay oladigan, yuksak malakali, chuqur bilimli rahbar xodimlarni tayyorlash bugungi kunda davr talabi bo‘lib qoldi.
Zamonaviy hayotimizda axborot texnologiyalari ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha jabhalarida faoliyat yurituvchi barcha turdagi tashkilotlarni boshqarishda qo‘llaniladi. Axborotni boshqarish texnologiyalarining eng ustun va aniq afzalliklari tijorat tashkilotlar amaliyotida paydo bo‘la boshladi.
Axborot texnologiyalariga oid dastlabki ma'lumotlar akademik M.T.O‘rozboev tashabbusi bilan fanga kiritilgan bo‘lib, birinchi marta V.I. Romanovskiy nomli matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo‘limi ochilgan. Akademik S.S.G‘ulomov ham axborot texnologiyalarini rivojlanishida qator tadqiqot ishlarini olib borgan. Akademik V.Q.Qobulov fikriga ko‘ra “Iqtisodiy kibernetika-mashina texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganadigan yangi fanga aylanmoqda”. Korxonalarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunlarida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Hozirgi paytda innovasiya va innovasion faoliyatni boshqarish hamda yanada takomillashtirish bo‘yicha masalalar iqtisodchi olimlar A.N.Aripov, A.M. Kadirov, K. Shakirova, M.A.Maxkamova va boshqa olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida yoritilgan. Umuman olganda, keltirib o‘tilgan mutaxassis olimlar tomonidan korxonalarga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilish ustida ish olib borilgan bo‘lib, korxonalarda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini samarali rivojlantirish mavzusi doirasida tadqiqotlar olib borish zarurligini taqozo etadi. Bu esa o‘z navbatida tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Maqolada mavzu doirasidan kelib chiqqan holda ilmiy va nazariy yondashuvlar o‘rganilib, mushohada qilingan. Tadqiqotda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yo‘nalish tanlab olingan. Birlamchi hamda ikkilamchi ma'lumot manbalarini chuqur o‘rganish va asoslash uchun tadqiqot strategiyasi belgilab olingan. Maqolani yozishda tadqiqot metodologiyasining eksperimental, umumlashtirish kabi usullaridan foydalanildi.
Axborot texnologiyalari yordamida korxonalarni boshqarish - tizimli dasturiy ta'minot va komp'yuter va telekommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish asosida boshqarish vazifalarini hal etish uchun ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va axborotni muhofaza qilish, bilim usullari va vositalari majmuini tashkil etishdan iboratdir. Boshqaruvda axborot texnologiyalari avtomatlashtirilgan tarzda tez-tez ishlatiladi, ya'ni texnik va dasturiy vositalardan foydalangan holda boshqarish texnologiyalarini amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Umuman olganda axborot texnologiyalari-bu ma'lumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyasidir. Odatda bu atama ostida komp'yuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni elektron hisoblash mashinalari (EHM) va komp'yuter tarmoqlari orqali yig‘ish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi. Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash-tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari-telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo‘llaniladi.
Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sivilizasiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalarining industriyasi majmuini komp'yuter, aloqa tizimi, ma'lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va u bilan bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalarini shartli ravishda saqlovchi, rasionallashtiruvchi va yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni va vaqtni tejaydi. Rasionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bo‘la oladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonning tarkibiy qism sifatida o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodiyotni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallash- tirishni ta'minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Korxona boshqaruvi uchun zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy vazifalari kerakli ma'lumotlarni qidirish, to‘plash, qayta ishlash, saqlash, yangi ma'lumotlarni ishlab chiqish va optimallashtirishning turli xil muammolarini hal etishdan iboratdir. Vazifa nafaqat vaqtni sarflaydigan, muntazam takrorlanadigan, ma'lumotlarni qayta ishlash operatsiyalarini tanlash va avtomatlashtirish, balki samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan yangi ma'lumotlarni olish uchun ularni qayta ishlash orqali ham amalga oshiriladi.
So‘nggi o‘n yil ichida axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamida korxonalarni boshqarish, boshqaruvda sezilarli darajada imkoniyatlarni yaratmoqda, chunki ular barcha darajadagi menejerlarga va korxonalarning rahbarlariga eng yaxshi va muqobil boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy axborotni qayta ishlash va tahlil qilishning so‘nggi usullari bilan ta'minlanib kelinmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalarini boshqaruvga tatbiq etish xarajatlari nafaqat to‘lash, balki daromad olish imkonini ham bermoqda. Ma'lumki, yirik g‘arbiy korporatsiyalar korporativ axborot tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun har yili yillik aylanma mablag‘larining 1,5 dan 4 foizi miqdorida sarflaydi. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari boshqa turdagi texnologiyalarning funksional tarkibiy qismlari (masalan, ishlab chiqarish, tashkiliy, ijtimoiy) va ularning intellektual yadrosi rolini o‘ynaydi.
Axborot texnologiyalari yordamida korxonani boshqarish uchun ob'ektni batafsil tahlil qilish, boshqaruv vazifalari va tuzilmasini o‘rganish, shuningdek, axborot oqimlarini boshqarishni taqozo etadi. So‘rov materiallarini tahlil qilish asosida axborotni boshqarish modeli ishlab chiqilib, u axborotni qayta ishlash vazifalari va yangi axborot oqimlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatadi. Quyidagi 1-rasmda axborot-kommunikasiya texnologiyalarining asosiy funksiyalarini ko‘rish mumkin.
Korxonalarga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini jalb qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1.Operasion nazorat qilish tamoyili (real vaqtda boshqaruvga asoslanadi).
2.Boshlang‘ich boshqaruv tamoyili (nazorat qilish ob'ektining holati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, uning holatini modellashtirish va prognozlashtirish, nazorat qilish tadbirlarini rejalashtirish, ularni amalga oshirish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish uchun bevosita qo‘llab-quvvatlash, ijrochilarga ularning yechimlarini taqdim etish va vaqtida bajarilishini nazorat qilishdan iboratdir).
3. Korxonalarda tashqi va ichki muhit ta'siri o‘zgarishini hisobga olib nazorat qilish tamoyili.
4. Vertikal va gorizontal aloqa liniyalari va korxona oqimlarining o‘zaro bog‘liqligini amalga oshirish imkonini beradigan tarmoqni boshqarish tamoyili.
Ta'kidlash kerakki hozirgi vaqtda korxona boshqaruvida quyidagi axborotni boshqarish tizimlari ishlatiladi:
1. ERP (Enterprise resource planning). ERP tizimi bu – ERP strategiyasini, ya'ni ishlab chiqarish va turli operatsiyalarni integratsiyalash, mehnat resurslarini boshqarish, moliyaviy menejment va aktivlar boshqaruvining tashkiliy strategiyasini amalga oshiruvchi maxsus dasturiy paket. Ushbu strategiya dasturiy ta'minotning maxsus integratsiyalashgan to‘plami orqali tashkilot resurslarini doimiy ravishda muvozanatlashtirishga va optimallashtirishga qaratilgan, bu esa faoliyatning barcha yo‘nalishlari uchun ma'lumot va jarayonlarning umumiy modelini taqdim etadi.
Bugungi kunda aksariyat tashkilotlar turli biznes muammolarni hal qilishda bir qator xavfsiz tizimlardan foydalanishmoqda. Shunga qaramay, ushbu tizimlar o‘rtasida konsolidasiya, ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va almashinish jarayoni qo‘lda amalga oshiriladi, bu esa o‘z o‘rnida mehnat xarajatlarini ko‘payishiga va inson omili ta'sirining kuchayishiga olib keladi. Biz taklif qilayotgan integrasion bazaning asosiy platformasi ushbu muammolarni bartaraf qilishda yordam berishi mumkin. Mutaxassislarimiz kerakli bilim va ko‘nikmalarga, bulutli texnologiyalarning tendensiyalari bo‘yicha yetarlicha ma'lumotga, integrasion bazaning asosiy platformasidan foydalangan holda tashkilotning ERP-tizimi infratuzilmasini yaratish va shu kabi yechimlarni amalga oshirishda professional tajribaga ega. Bugungi kunda aksariyat tashkilotlar turli biznes muammolarni hal qilishda bir qator xavfsiz tizimlardan foydalanishmoqda. Shunga qaramay, ushbu tizimlar o‘rtasida konsolidasiya, ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va almashinish jarayoni qo‘lda amalga oshiriladi, bu esa o‘z o‘rnida mehnat xarajatlarini ko‘payishiga va inson omili ta'sirining kuchayishiga olib keladi. Biz taklif qilayotgan integrasion bazaning asosiy platformasi ushbu muammolarni bartaraf qilishda yordam berishi mumkin. Mutaxassislarimiz kerakli bilim va ko‘nikmalarga, bulutli texnologiyalarning tendensiyalari bo‘yicha yetarlicha ma'lumotga, integrasion bazaning asosiy platformasidan foydalangan holda tashkilotning ERP-tizimi infratuzilmasini yaratish va shu kabi yechimlarni amalga oshirishda professional tajribaga ega.
2. CRM (Customer Relationship Management) tizimlari. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari nuqtai nazaridan qaraganda CRM – bu xodimni mijozlar bilan munosabatlarini boshqarish vositasi bo‘lib, tashkilotlarga ularning o‘zaro aloqasini qayd qilish, daromad olish imkoniyatlarini mumkin qadar kengaytirish va tashkiliy, me'yoriy qoidalarga rioya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Berilgan axborot-kommunikasiya texnologiyalari mijozlar bilan ularning xususiy ehtiyojlarini izohlash orqali uzoq muddatli va daromadli o‘zaro munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan. CRM-tizimi mijoz haqidagi ma'lumotlarni aniqlashtirishni amalga oshiruvchi komp'yuter dasturi bo‘lib, ushbu tizim yordamida yangi mijozlarni jalb qilish va avvalgi mijozlarni yo‘qotmaslik, xarajatlarni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va natijada savdo hajmi va daromadni ko‘paytirish, tashkilot raqobatbardoshliligini oshirish kabi maqsadlarda qo‘llaniladi.
CRM-tizimi mijoz va sheriklar bilan hamkorlikning aniq va ravshan jarayonini tashkil etish, samarali marketing va savdo tashkil etish, mijozlar sodiqligini shakllantirish, tashkilot barcha xodimlari ishini kelishilgan tarzda nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida zamonaviy CRM-tizimi quyidagi komponentlarga ega bo‘lishi zarur:
- aloqa va mijozlar bazasini boshqarish;
- savdoni boshqarish;
- telefon orqali savdo (telemarketing);
- vaqtni boshqarish (taym-menejment);
- mijozlarga xizmat ko‘rsatish (sotuvdan keyingi xizmat);
- marketingni boshqarish (so‘rovnoma, anketa to‘ldirish);
- yuqori rahbariyat uchun hisobot;
- boshqa axborot tizimlari bilan o‘zaro bog‘lanish;
- ma'lumotlarni bir-biriga moslashtirish;
- elektron savdoni boshqarish (tashkilot veb-sayti bilan bog‘lanish, mijozlar va sheriklar uchun portal);
- mobil savdoni boshqarish (komp'yuter, noutbuk yoki uzoqdan foydalana olish).
3. BI (Business Intelligence) korxonaning analitik faoliyati uchun axborotni qo‘llab-quvvatlash tizimidir. Ushbu tizim analitik ma'lumotlar to‘plami va axborotni qayta ishlash vositalaridan iborat. Bundan tashqari OLPS tizimlari (On Line Processing Systems) ham korxonada axborot-kommunikasiya texnologiyalarining rivojlanishida muhim tizim hisoblanib, ular ERP va boshqa tizimlardan ma'lumotlarni to‘plash uchun va to‘plangan ma'lumotlarning keyingi tahlili uchun foydalaniladigan ma'lumotlar omboridir.
B.B. Djuraev
Fuqaro muhofazasi instituti 1 bosqich magistranti