FVV ogohlantiradi:
8 yanvar kuni ob-havo о'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S sovuq, kunduzi 2-7*S sovuq bo'ladi. Qor ko'chkisi havfo mavjoud.

ARMIYA VA XALQ – BIR TANU BIR JON!

Vatan – har bir qarich yeri aziz, qadrdon va jonajon maskan! Kindik qonimiz tomgan, bolaligimizning beg‘ubor onlari, hayotimizning har bir daqiqalari o‘tayotgan, bizni bag‘rida tetapoya qilgan, ardoqlagan, ulg‘aytirgan zamin – bu ona Vatandir!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta'minlash, shuningdek, «Vatanparvarlik oyligi» doirasida joriy yilning 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan «Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!» shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.


Tadbirni Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Dilshod Toxtamuradov ochib, mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – 14 yanvar «Vatan himoyachilari kuni» hamda «Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 29 yilligi» bilan tabriklab, bugungi kunda yurtimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilayotgani, shubhasiz, ana shunday tinch va osoyishta hayotni hamda taraqqiyotimizni asrash, uni har qanday qora kuchlarning tahdididan muhofaza qilishda milliy armiyamizning o‘rni beqiyos ekanligini, bu borada muhtaram Prezidentimizning «Armiya va xalq – bir tanu bir jon!» degan da'vatlari har bir ota-ona, har bir fuqaroning qalbiga, yuragiga chuqur kirib borishi, amaliy harakatga aylanishi zarur ekanligini, bu esa mamlakatimizda tinchlik, millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini ko‘z qorachig‘idek asrash, yosh avlod o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish har birimiz uchun ustuvor vazifa hisoblanishini alohida ta'kidladi.

Shundan so‘ng, tadbirni badiiy qismida taklif etilgan mehmonlar tomonidan jonajon Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbir yakunida Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Akademiyaning bir qator harbiy ofiserlariga navbatdagi harbiy unvonlar tantanali topshirildi hamda taklif etilgan faxriy harbiy xizmatchilar va Akademiyaning harbiy xizmatchilari tomonidan yuqorida qayd etilgan vazifalar borasidagi aniq belgilangan chora-tadbirlar rejalarini kelgusida sifatli va o‘z vaqtida bajarish kelishib olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech