FVV ogohlantiradi:
6 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19*S iliq, kunduzi 23-28*S iliq bo'ladi.

Avtobus ichidagi yo‘lovchilarga vaqtida yordam berildi

Joriy yilning 15 fevral kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” tezkor raqamiga fuqaro N.B. tomonidan Yunusobod tumanidagi Osiyo hamda A.Temur shox ko‘chasi kesishuvi chorrahasida yo‘lovchi tashuvchi “Mercedes benz” avtobusi hamda ”Kamaz” yuk avtomashinasi o‘rtasidagi yo‘l transport hodisasi oqibatida avtobus ichidagi yo‘lovchilar qamalib qolganligi haqida xabar kelib tushdi.  

Qutqaruv otryadi voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, maxsus asbob-uskunalar yordamida yo‘lovchilarni avtobus ichidan chiqarib olishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech